Yangilik
30.04.2026 18:53
Yoshlarning buguniga e’tibor — kelajakka mustahkam poydevor!
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Payshanba — yoshlar kuni” bugun yoshlar hayotida muhim muloqot maydoniga aylanib bormoqda.
Ana shunday ochiq va samimiy uchrashuvlardan biri Sayxunobod tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyati hokimining o‘rinbosari Abrorjon Xidirov, tuman hokimi Komiljon Mullajanov va tuman rahbarlari boshchiligida yoshlar bilan bevosita, yuzma-yuz muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv avvalgi muloqotlar davomida iqtidorli yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida tashkil etilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir o‘zining ochiqligi, samimiy muhiti va erkin fikr almashish imkoniyati bilan alohida e’tibor qozondi. Yoshlarning orzu-intilishlari, kelajakka doir rejalari muloqot markazida bo‘lib, har bir fikr e’tibor bilan tinglandi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar yuzaki emas, balki chuqur tahlil qilinib, ularning zamirida yotgan hayotiy ehtiyojlar asosida yondashuv bildirildi. Bu esa yoshlar ishonchini mustahkamlashda muhim omil bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida nafaqat maktab o‘quvchilari, balki boshqa mahallalardan kelgan yoshlarning ham murojaat va takliflari tinglandi. Xususan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda imtiyozli kreditlar olish jarayonidagi muammolar dolzarb masala sifatida ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga ularni o‘z vaqtida va samarali hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.