Yangilik
30.04.2026 18:55
Sayxunobodda yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Sayxunobod tumani hokimi Komiljon Mullajanov o‘ziga biriktirilgan 20 nafar yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning hayotdagi maqsadlari, rejalari hamda tashabbuslari muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim, tadbirkorlikni boshlash, zamonaviy kasblarni o‘rganish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir qator masalalar ko‘tarildi. Tuman hokimi har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yechimi borasida ijobiy fikr bildirib, bunday muloqotlar ularning ishonchini mustahkamlashini ta’kidlashdi.