Yangilik
15.05.2026 17:00
Sirdaryo viloyati prokurori S.Imatov ishtirokida "Yoshlar kuni" doirasida Guliston shahar 8-umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan navbatdagi "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda, viloyatdagi mas’ul idora va tashkilot rahbarlari hamda 80 nafar yoshlar jalb qilinib, ulardan 18 nafarining prokuratura organlarida "Ochiq eshiklar kuni"ni tashkil etish, ijtimoiy fanlar bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasini o‘tkazish, ID-karta rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish, maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etish haqidagi taklif va murojaatlari tinglandi, 10 nafarining murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, qolgan 4 ta murojaatlarning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar berildi.
Tadbir davomida viloyat prokurori umumta’lim maktabining raqamlashtirish va "Face-ID" tizimining ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida viloyat prokurori umumta’lim maktabining raqamlashtirish va "Face-ID" tizimining ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.