Yangilik
15.05.2026 20:08
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasida “Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.Namozova ishtirokida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlarning ta’lim jarayoni, kelajakdagi kasbiy faoliyati, zamonaviy kasblarni egallash hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Muloqot davomida 2026-yil 17–30-may kunlari Pekin shahrida “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” kasbi bo‘yicha tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga yuboriladigan nomzodlar masalasi ham muhokama qilindi. Nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, sohaga bo‘lgan qiziqishlari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, ularga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishiga keng imkoniyat yaratishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.