Yangilik
05.08.2026 11:00

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Yoshlar kuni doirasida Sirdaryo tumanidagi "Xazina" mahallasida sportchi yoshlari bilan uchrashdi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov Yoshlar kuni doirasida Sirdaryo tumanidagi «Xazina» mahallasida joylashgan 14-umumta’lim maktabida sportchi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Sirdaryo tumani sport maktabida voleybol sporti bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilar ishtirok etdi. Ular viloyat va respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Muloqot avvalida mamlakatimizda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha «Adliya kubogi» musobaqasi tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda voleybolchi qizlar o‘zlarining chaqqonligi va mahoratini namoyon etdilar.

«Adliya kubogi»ning tashkil etilishi sportchi qizlarga motivasion ruh bag‘ishlab, ularni yangi maqsadlar sari intilishga undadi.
Muloqot
Muammo bormi?
Onlayn murojaat qoldiring va ijro statusini kuzating.
Muammo qoldirish