Yangilik
05.08.2026 11:25
Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajakka ishonch va e’tibor ifodasi
Haftaning payshanba kuni mamlakatimizda an’anaviy tarzda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday ochiq va samimiy muloqotlardan biri “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida ham tashkil etildi.
Filial direktori v.v.b Egamov Jamshid Ilhomovich muassasada faoliyat yuritib kelayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida atroflicha fikr yuritildi.
Muloqot jarayonida yoshlarning bilim olishi, kasbiy mahoratini oshirishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, filialda mehnat qilayotgan yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.