Yangilik
05.08.2026 11:30

Yoshlar – bojxona tizimining kelajak tayanchi

Yurtimizda har payshanba kuni yoshlar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bilim va salohiyatini yuksaltirish hamda kelajak kasbiga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilingan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar ta’lim jarayoni, o‘qish va xizmat faoliyati istiqbollari hamda bojxona tizimida faoliyat yuritish imkoniyatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbir yakunida yoshlarga yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi yo‘lida munosib kadr bo‘lib yetishish yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolindi.
Muloqot
Muammo bormi?
Onlayn murojaat qoldiring va ijro statusini kuzating.
Muammo qoldirish